Butun buxgalteriya bo‘limining o‘rnini bosamiz va xarajatlarni 80% gacha tejaymiz

Buxgalteriyani bizga autsorsingga topshirib, kundalik hisob-kitob tashvishlarini unutasiz

oyiga 5 000 000 so'mdan
Toshkentda buxgalteriya xizmatlari
  • Shtatdagi mutaxassislarga sarflanadigan xarajatlarni tejaymiz
  • 100 000 000 so'mlik moliyaviy javobgarlik
  • Ma'lumotlarning to'liq maxfiyligini kafolatlaymiz

Buxgalteriyangiz
to'liq nazoratda

Shtat xarajatlarini tejash

Shtatdagi buxgalter uchun xarajatlarni unuting. Bitta narxga butun jamoa: buxgalter, yurist va soliq maslahatchisi

Istalgan joydan nazorat

Buxgalteriyani dunyoning istalgan joyidan bulutli 1C orqali nazorat qiling. Ma’lumotlaringiz himoyalangan serverlarda xavfsiz saqlanadi

Uzluksiz ishlash

Ta’tilga chiqmaymiz va kasal bo‘lib qolmaymiz. Jamoa bir-birini almashtira oladi, barcha vazifalar CRM’da taqsimlangan, hech bir topshiriq e’tibordan chetda qolmaydi

Sifat kafolati

Xodimlarni sinchiklab tanlaymiz — bitta xodim o'rniga professional jamoaga ega bo‘lasiz.

Shaffof buxgalteriya real vaqt rejimida

Barcha jarayonlarni — hisob-fakturalardan tortib, soliq hisobotlarigacha — o‘z zimmamizga olamiz. Hisob holatini istalgan vaqtda ko'rasiz.

Ariza qoldirish

Avtomatlashtirish 24/7

Bulutdagi barcha jarayonlar avtomatlashtirilgan — hisob kechikishsiz yuritiladi

Mobillik

Buxgalteriya vazifalarini dunyoning istalgan joyidan tekshiring

Ma'lumotlar himoyada

Zaxira nusxalar har kuni yaratiladi, ma'lumotlar shifrlangan holda uzatiladi

Qanday ishlaymiz

  1. Diagnostika

    Joriy hisob holati va soliq xavflarini ko‘rib chiqamiz

  2. Shartnoma va huquqlar

    Ish hajmini kelishamiz, bulutli 1C'ni ulaymiz

  3. Hisob yuritish

    Birlamchi hujjatlar, ish haqi va soliqlarni hisoblaymiz

  4. Hisobotlar

    Hisobotlarni o'z vaqtida topshiramiz va tushunarli xulosa yuboramiz

Barcha xizmatlar

Buxgalteriyani tiklash

Hujjatlarni tartibga keltiramiz, oldingi davrlar xatolarini tuzatamiz

oyiga 1 000 000 so'm

Nol hisobot topshirish

Soliqlarni hisoblaymiz, soliq va boshqa hisobotlarni topshiramiz

oyiga 1 100 000 so'm

Soliq bo‘yicha maslahat

Buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish bo'yicha og'zaki va yozma maslahatlar

500 000 so'm / soatiga

Итоговую стоимость подтверждаем после бесплатной консультации

Toshkentda kompaniyalarga buxgalteriya xizmati

Siz biznes bilan shug‘ullanasiz, biz esa hisob, soliqlar va hisobotlar uchun javob beramiz. CA Consulting 70 ta kompaniyaning buxgalteriyasini yuritadi: aylanmadan soliq to‘lovchi startaplardan tortib QQS to‘lovchilar va xorijiy kapitalli korxonalargacha. Hisobni bulutli 1C’da 10 nafar malakali buxgalter yuritadi, natija uchun moliyaviy javobgarligimiz esa shartnomada belgilab qo‘yilgan.

Soliqni to‘g‘ri to‘lang — bir so‘m ham ortiqcha emas

Aylanmadan olinadigan soliq. Tushumni kuzatib boramiz va kompaniya QQSga o‘tish chegarasiga yaqinlashganda oldindan ogohlantiramiz. Qo‘shimcha soliq hisoblanishi bilan ovora bo‘lish o‘rniga tayyorlanishga vaqtingiz bo‘ladi.

QQS. Elektron hisob-fakturalarni rasmiylashtiramiz, kiruvchi QQSning hisobga olinishi va to‘lov muddatlarini nazorat qilamiz. Ortiqcha to‘lovlarsiz, penyalarsiz va soliq organlaridan noxush xatlarsiz.

Qaysi rejim foydaliroq ekaniga ishonchingiz komil emasmi? Shartnoma imzolashdan oldin bepul maslahatda raqamlaringiz asosida hisoblab beramiz.

Biznesingiz o‘ziga xosligini bilamiz

MChJ, YaTT va boshqa tashkiliy-huquqiy shakllar, shuningdek, xorijiy kapitalli kompaniyalar va xorijiy investitsiyali korxonalar (XIK) uchun hisob yuritamiz, jumladan, valyuta operatsiyalari va xorijiy ta’sischilar uchun hisobotlar. Xizmat ko‘rsatish, savdo, logistika, IT va ishlab chiqarish sohalarida katta tajribaga egamiz. Uzum va boshqa marketpleyslardagi sotuvchilarga xatolar eng ko‘p uchraydigan joyda yordam beramiz: sotuvlar, platforma komissiyalari va qaytarishlarni to‘g‘ri hisobga olamiz.

Bitta xodim o‘rniga butun jamoa

Shtatdagi buxgalter kompaniyaga maoshidan qimmatga tushadi: ish haqiga ish beruvchi soliqlari, ish joyi va 1C litsenziyasi qo‘shiladi, u ta’tilga chiqqanda yoki ishdan ketganda esa hisob to‘xtab qoladi. Biz bilan shartnoma bo‘yicha belgilangan summani to‘laysiz va bir-birining o‘rnini bosa oladigan buxgalter, yurist va soliq maslahatchisiga ega bo‘lasiz, shuning uchun ish bir kun ham to‘xtamaydi. O‘zbekistonda xodim aslida qanchaga tushishini raqamlar bilan hisoblab chiqdik.

Agar kompaniyada kuniga yuzlab operatsiyalar bo‘lsa va ofisda doimiy mutaxassis kerak bo‘lsa, shtatdagi buxgalter o‘zini oqlaydi. Boshqa barcha holatlarda autsorsing arzonroq va ishonchliroq.

Kompaniyangiz haqida so‘zlab bering: bepul maslahatda joriy hisobingizni baholab, xizmatning aniq narxini aytamiz.

Ko'p so'raladigan savollar

Buxgalteriya xizmati qancha turadi?

Hisobni to‘liq yuritish oyiga 5 000 000 so‘mdan boshlanadi. Narx soliq rejimi, operatsiyalar hajmi va xodimlar soniga bog‘liq. Aniq narxni bepul maslahatdan so‘ng aytamiz va shartnomada qayd etamiz.

Buxgalteriya xizmatiga nimalar kiradi?

Birlamchi hujjatlarni qayta ishlash, ish haqi va soliqlarni hisoblash, elektron hisob-fakturalarni rasmiylashtirish va hisobga olish, soliq hisobotlarini tayyorlash va topshirish. Shuningdek, soliq bo‘yicha maslahat beramiz va soliq organlari bilan yozishmalarni o‘z zimmamizga olamiz. Hisob bulutli 1C’da yuritiladi.

Bizdan nima talab qilinadi va ishingizni qanday nazorat qilamiz?

Birlamchi hujjatlarni o‘zingizga qulay usulda yuborasiz, masalan, Telegram yoki elektron pochta orqali. Kompaniyangizga mas’ul buxgalter biriktiriladi, hisob holatini istalgan vaqtda bulutli 1C’da ko‘rishingiz mumkin, hisobot topshirilgach esa tushunarli xulosa yuboramiz.

Hamkorlikni to‘xtatsak, 1C bazasi nima bo‘ladi?

Litsenziyali baza butun hisob tarixi bilan sizda qoladi. Ish uzilishsiz davom etishi uchun uni yangi buxgalteringizga yoki xodimingizga topshiramiz.

Kompaniya faoliyat yuritmayapti. Hisobot topshirish shartmi?

Ha. Tushum bo‘lmasa ham kompaniya hisobot topshirishi shart, aks holda jarima qo‘llanishi mumkin. Nol hisobotni topshirishni o‘z zimmamizga olamiz, narxi — oyiga 1 100 000 so`m.

WhatsAppda yozish